Yangi yilda qanday ob-havo kuzatilmoqda?

Yangi yil arafasida barchani birdek qiziqtirgan savol: 31-dekabr kuni qor yog‘adimi? Gidrometeorologiya xizmati markazi ma’lumot berdi.
Sputnik

TOShKENT, 27 dek – Sputnik. Yangi yil arafasida barchani birdek qiziqtirgan savol: 31-dekabr kuni qor yog‘adimi? Gidrometeorologiya xizmati markazi matbuot bo‘limi bu haqda ma’lum qildi.

O‘zbekistondagi noqulay ob-havo yana qatnovlar jadvaliga ta’sir ko‘rsatmoqda

Qoraqalpog‘iston va Xorazm viloyati

29-31 dekabrda Qoraqalpog‘iston va Xorazm viloyatining ba’zi joylarida biroz yomg‘ir yog‘ishi, ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. 29-31 dekabrda kechasi 3 daraja sovuq-2 daraja iliq, kunduzi 2-7 daraja iliq bo‘ladi.

Buxoro va Navoiy viloyati

Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo o‘zgarib turadi. 29-31 dekabrda ba’zi joylarda biroz yomg‘ir yog‘ib, ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. 30-31 dekabrda kechasi 0-5 daraja iliq, kunduzi 29-31 dekabrda 7-12 daraja iliq bo‘ladi.

Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyat

Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirddaryo viloyatlarida havo o‘zgarib turadi. 30-31 dekabrda ba’zi joylarda biroz yomg‘ishi, ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Harorat kechasi 0-5 daraja iliq, kunduzi 7-12 daraja iliq bo‘ladi.

Qashqadaryo viloyati

Qashqadaryo viloyatida 29-30-31 dekabrda ba’zi joylarda biroz yomg‘ir yog‘ishi, ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Harorat kechasi 2-7 daraja iliq, kunduzi 10-15 daraja iliq bo‘ladi.

Vodiyga uchgan samolyot noqulay ob-havo sabab Toshkentga qo‘ndi

Surxondaryo viloyati

29-31 dekabrda Surxondaryo viloyatining ba’zi joylarida biroz yomg‘ir yog‘ishi, ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Harorat kechasi 2-7 daraja iliq, kunduzi 10-15 daraja iliq bo‘ladi.

Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlari

30-31 dekabrda Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida ba’zi joylarda biroz yomg‘ir yog‘ishi, ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Harorat 29-31 dekabrda kechasi 0-5 daraja iliq, kunduzi 30-31 dekabrda 5-10 daraja iliq bo‘ladi.

Respublikaning tog‘li hududlari

29-31 dekabrda Respublikaning tog‘li hududlarining ba’zi joylarida yog‘ingarchilik kutiladi, ba’zi joylarga esa tuman tushishi mumkin. Harorat kechasi 29-dekabrda 3 daraja sovuq-2 daraja iliq, 30-31 dekabrda 3-8 daraja sovuq bo‘ladi. 29-31 dekabrda 3 daraja sovuq-2 daraja iliqgacha pasayadi.