Qamchiq dovonida 3 ta yengil avtomobil handaqqa tushib ketdi

Hodisa jarayonida hech kim tan jarohati olmagan. Ammo qutqaruvchilar tomonidan yo‘l transport vositalari haydovchilari va yo‘lovchilariga psixologik yordam ko‘rsatilgan.
Sputnik

TOShKENT, 26 dek — Sputnik. Kecha, 25-dekabr kuni Qamchiq dovonida uchta yengil avtomashinalari yo‘l chetidagi handaqqa tushib ketdi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligining axborot xizmati ma’lum qildi.  

“Qamchiq” dovonining avtomobil yo‘li qordan tozalandi

Qayd etilishicha, Namangan viloyatining Pop tumanidagi A-373 “Toshkent-O‘sh” avtomobil yo‘lining 247 km.da “Toshkent-vodiy” yo‘nalishida harakatlanib ketayotgan “Cobalt”, “Spark” hamda “Lacetti” avtomobillari yo‘l chetidagi handaqqa tushib ketgan.

Hodisa jarayonida hech kim tan jarohati olmagan. Ammo qutqaruvchilar tomonidan yo‘l transport vositalari haydovchilari va yo‘lovchilariga psixologik yordam ko‘rsatilgan.

Avtomashinalar esa handaqdan chiqarilib, avtoevakuator yordamida “Sherobod” YPX maskanining jarima maydonchasiga olib ketilgan.