Moskvada “O‘zatom” delegatsiyasi O‘zbekiston AES loyihasini muhokama qiladi

Moskvada 27-dekabr kuni O‘zbekistonda birinchi AES qurilishi bo‘yicha ishchi guruhining yig‘ilishi bo‘lib o‘tadi.
Sputnik

TOShKENT, 26 dek – Sputnik. Moskvada O‘zbekistonda birinchi  AES qurilishi bo‘yicha ishchi guruhining yig‘ilishi bo‘lib o‘tadi.

Rossiya O‘zbekistonga AES qurilishi uchun kredit berishi mumkin

Muzokarani 27-dekabr kuni o‘tkazish rejalashtirilgan.

Bundan avval, ushbu ishchi tashrifi 14-dekabr kuni bo‘lib o‘tgan. Undan maqsad - O‘zbekistonda AES qurilishiga oid shartnomani muhokama qilish bo‘yicha markaziy ishchi guruhning yig‘ilishida ishtirok etishdan iborat edi.

2018 yil sentabrda Rossiya va O‘zbekiston respublika hududida AES qurilishi bo‘yicha hamkorlik hukumatlararo bitim imzolangan. Respublikada 1,2 GVt kuchlanishdagi “3+” avlod ikki blokdan iborat majmua quriladi.

AES Jizzax viloyatida joylashgan Tuzonko‘l yaqinidagi hududda joylashadi, u yerda muhandis-tadqiqot ishlari olib borilmoqda.