Atambayev yana o‘rnidan turib ketdi. Biroq sud boshqa sababga ko‘ra qoldirildi

Qirg‘izistonda qonundagi o‘g‘ri Aziz Batukayevning noqonuniy ozod etilishi ishi bo‘yicha sayyor sud majlisi yana qoldirildi.
Sputnik

TOShKENT, 26 dek — Sputnik. Qirg‘iziston Respublikasi milliy xavfsizlik qo‘mitasi (GKNB) binosidagi qonundagi o‘g‘ri Aziz Batukayevning noqonuniy ozod etilishi ishi bo‘yicha sayyor sud majlisi yana qoldirildi. Bu haqda Qirg‘iziston sobiq prezidenti Almazbek Atambayevning advokati Sergey Slesarev ma’lum qildi.

Jeenbekov Atambayev haqida: uning taqdiriga befarq emasman

“Majlis gumon qilinuvchilardan biri akademik Abduhalim Raimjonovning ahvoli yomonlashgani tufayli ko‘chirildi. Bundan tashqari, majlis boshida Atambayev norozilik belgisi sifatida sud belgilangan joydan yana o‘rnidan turib ketdi”, - deya Slesarev so‘zlaridan keltiradi Sputnik Qirg‘iziston.

Advokat majlis 2020-yil 9-yanvar kuniga qoldirilgani va u yana GKNB binosida bo‘lib o‘tishini qo‘shimcha qildi. Majlislarni Birinchi may tuman tuman sudida o‘tkazish to‘g‘risida iltimosnoma kelib tushgan. Biroq ushbu masalani ko‘rib chiqish keyingi sud majlisiga qoldirilgan.