Markaziy bank boshqaruvi tarkibiga qanday o‘zgarishlar kiritildi

Ijro apparati rahbari Olimjon Ernazarov va Kredit tashkilotlari prudensial nazorati departamenti direktori Abrorxo‘ja Turdialiyev Markaziy bank boshqaruvi tarkibidan chiqarildi.
Sputnik

TOShKENT, 25 dek — Sputnik. O‘zbekiston Markaziy banki boshqaruvi tarkibiga kiritilgan o‘zgarishlar tasdiqlandi. Bu haqda MB matbuot xizmati xabar qildi.

MB so‘m denominatsiya qilinishi haqidagi xabarni rad etdi

Oliy Majlis Senati Kengashi qaroriga ko‘ra Ijro apparati rahbari Olimjon Ernazarov va Kredit tashkilotlari prudensial nazorati departamenti direktori Abrorxo‘ja Turdialiyev Markaziy bank boshqaruvi tarkibidan chiqarildi.

O‘zbekiston prezidenti huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi qoshidagi Mutaxassislarni xorijda tayyorlash va vatandoshlar bilan muloqot qilish bo‘yicha "El-yurt umidi" jamg‘armasi direktori v.b., i.f.d., professor Adxam Bekmurodov va Toshkent shahridagi Vestminster universitetining Amaliy iqtisod bo‘yicha magistratura kursi rahbari, falsafa doktori (PhD) Ziyodullo Parpiyev MB boshqaruvining mustaqil a’zolari etib tasdiqlandi.