Germaniya matbuoti NATOning Rossiyaga hujum qilish "repetitsiya"sini fosh qildi

Tank SShA M1 Abrams na voyennix ucheniyax v Adaji
AQSh va Yevropa qo‘shinlarini ishtirokida “Yevropa himoyasichi – 2020” deb nomlangan eng katta harbiy o‘quv mashg‘ulotlarini o‘tkazish rejalashtirilgan.
Sputnik

TOShKENT, 25 dek – Sputnik. Germaniyaning nashri Junge Welt yozishicha, AQSh va Yevropa qo‘shinlarini ishtirokida 25-yil davomida “Yevropa himoyasichi – 2020” deb nomlangan eng katta harbiy o‘quv mashg‘ulotlarini o‘tkazish rejalashtirilgan. RIA Novosti xabariga asosan.

Emblema Severo-atlanticheskogo alyansa
Germaniya nashri Rossiyaning NATOga kirishi muhimligini tushuntirdi

Maqola muallifi yozishicha, ssenariyga ko‘ra, yil boshida boshlanadigan tadbirlarda harbiylar Atlantikadan G‘arbiy Yevropaga jo‘natiladi. Keyinchalik Polsha va Boltiqbo‘yi davlatlariga – “imkon qadar Rossiya chegarasiga yaqin” joyga olib boriladi.

“Rasmiy ravishda, bu AQSh harbiylarining mashqlari, ammo aslida NATOga a’zo davlatlar Rossiya bilan urush bo‘lgan taqdirda hujum qilishni repetitsiya qilishadi”, - deb yozilgan maqolada.

Junge Welt ma’lumotlariga qaraganda, mashqlarning bir qismi sifatida, amerikaliklar qo‘shinlarning Yevropaga ko‘chishi paytida logistika samaradorligini sinab ko‘rishadi va Germaniya ushbu tadbirda muhim rol o‘ynaydi.