Bozor yaqinida va yer osti yo‘llarida mahsulot sotish taqiqlanadi – hukumat qarori

Yer osti yo‘llarida, ko‘priklarda, avtomobil yo‘llarining qatnov qismlarida, avtotransport vositalarini vaqtincha saqlash joylarida cotish taqiqlanadi.
Sputnik

TOShKENT, 25 dek – Sputnik. “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida”gi hukumat qarori loyihasi umumiy muhokamaga qo‘yildi.

O‘zbekistonda xususiylashtirishda bozor iqtisodiyotiga mos tizimga o‘tiladi

Hujjat Davlat soliq qo‘mitasi tomonidan tayyorlangan.

Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 13-fevraldagi 75-son qarori (15-modda) bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasida chakana savdo qoidalarida quyidagi mazmundagi 42 kichik band bilan to‘ldirish taklif etilgan:

“42. Tovarlar, mahsulotlarni (xizmatlarni) yer osti yo‘llarida, ko‘priklarda, avtomobil yo‘llarining qatnov qismlarida, avtotransport vositalarini vaqtincha saqlash joylarida cotish taqiqlanadi”;

Shuningdek, Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 28-avgustdagi 253-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi bozorlarida savdo faoliyatini tashkil etish qoidalari (61-modda)ning 13-bandini quyidagi mazmundagi uchinchi xatboshi bilan to‘ldirilsin:

“tovarlar (mahsulotlar) va xizmatlarni bozorga kirish va chiqish yo‘laklarida, bozor hududidagi avtotransport vositalarini vaqtincha saqlash joylarida sotish taqiqlanadi”.