Eldor Shomurodov O‘zbekistonning eng yaxshi futbolchisi deb topildi

Qayd etilishicha, futbolchilar, murabbiylar va jurnalistlar o‘rtasida o‘tkazilgan so‘rovnomada u terma jamoa sardori Odil Ahmedovni ortda qoldirgan.
Sputnik

TOShKENT, 25 dek — Sputnik. O‘zbekiston milliy jamoasi va “Rostov” klubi hujumchisi Eldor Shomurodov O‘zbekistonda 2019-yilning eng yaxshi futbolchisi deb topildi. Bu haqda “Rostov” klubi matbuot xizmati xabar qildi.

Fransiya klubi Eldor Shomurodovga qiziqish bildirmoqda

Qayd etilishicha, futbolchilar, murabbiylar va jurnalistlar o‘rtasida o‘tkazilgan so‘rovnomada u terma jamoa sardori Odil Ahmedovni ortda qoldirgan.

Eldor uchun bu sport faoliyatidagi ilk g‘alaba bo‘ldi, bunga qadar u eng yaxshi nomzodlar uchligiga hech qachon kiritilmagan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Eldor Shomurodov “Fox Sport Asia” nashrining qisqa ro‘yxatidan o‘rin olgani va Osiyo-2019 eng yaxshi futbolchisi unvoni uchun kurashashi haqida xabar qilingan edi.