BMT pasportiga ega chet elliklar uchun vizasiz rejim belgilandi

2020 yil 1-yanvardan boshlab BMTning qizil rangli Laissez-Passer pasporti ega bo‘lgan chet el fuqarolari uchun O‘zbekistonga kirgan kundan e’tiboran 30 kunlik muddatga vizasiz rejim belgilandi.
Sputnik

TOShKENT, 25 dek — Sputnik. O‘zbekistonda BMT pasportiga ega chet elliklar uchun vizasiz rejim belgilandi. Bu prezident tomonidan qabul qilingan tegishli farmonida belgilangan.

Farmonga muvofiq, 2020-yil 1-yanvardan boshlab BMTning qizil rangli Laissez-Passer pasporti ega bo‘lgan chet el fuqarolari uchun O‘zbekistonga kirgan kundan e’tiboran 30 kunlik muddatga vizasiz rejim belgilandi.

O‘zbekiston yana 20 davlat fuqarolari uchun vizasiz rejim joriy qildi

Shuningdek, farmonga ko‘ra BMTning moviy rangli Laissez-Passer pasporti ega bo‘lgan chet el fuqarolari uchun O‘zbekistonga kirish vizalari O‘zbekistondagi taklif qiluvchi tomonning xati asosida 2 ish kuni ichida Tashqi ishlar vazirligi tomonidan rasmiylashtiriladi.

Bundan tashqari, BMTning qizil yoki moviy rangli Laissez-Passer pasporti ega bo‘lgan va O‘zbekistonga tashrif buyurayotgan chet el fuqarolarida bir vaqtning o‘zida amal qilish muddati mazkur hujjatlarning amal qilish muddatidan kam bo‘lmagan milliy pasporti bo‘lishi lozim.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston 2020-yil 1-yanvardan vizasiz mamlakatlar ro‘yxatini kengaytiradi.