Toshkentda mast fuqaro jahl ustida yosh go‘dakni 4-qavatdan tashlab yubordi

Fuqaro birga yashab kelayotgan ayol bilan spirtli ichimlik iste’mol qilgan. So‘ngra ularning kayfi oshib, janjallashib qolishgan. Oqibatda erkak norasida go‘dakning umriga zomin bo‘lgan.
Sputnik

TOShKENT, 24 dek — Sputnik. Bosh prokuratura Toshkentning Mirzo Ulug‘bek tumanidagi qasddan odam o‘ldirish jinoyati yuzasidan bayonot berdi.

Namanganda ota o‘z bolasini kanalga cho‘ktirib o‘ldirdi

Xabarda yozilishicha, 20-dekabr kuni tumandagi Shahriobod ko‘chasida muqaddam sudlangan fuqaro V.K. birga yashab kelayotgan ayol M.K. bilan spirtli ichimlik iste’mol qilgan. So‘ngra ular o‘rtasida o‘zaro janjal yuzaga kelgan. Erkak jahl qilgan holda ayolning 4 yashar farzandini uyning 4-qavatidan yerga tashlab yuborgan.

Oqibatda voyaga yetmagan qizaloq vafot etgan. Jinoyatchi protsessual tartibda ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan M.Ulug‘bek tumani prokuraturasi tomonidan JKning 97-moddasi 2-qismi “v” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.  Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.