"Biznesda yangi bosqich": ekspert “Shimoliy oqim-2”ga qarshi sanksiyalar haqida

Shveysariya kompaniyasi AQSh sanksiyalari tufayli “Shimoliy oqim-2” qurilishida ishtirok etgan kemalarini qaytarib oldi. Bunga Yevropaning loyihadan manfaatli mamlakatlari javob bera oladimi, deb taxmin qildi ekspert Stanislav Bishok Sputnik radiosiga.
Sputnik

“Shimoliy oqim-2" ni qurilishida ishtirok etgan Shveysariya Allseas kompaniyasi Boltiq dengizidagi kemalarini qaytardi, deya xabar beradi Bloomberg, kompaniya vakiliga asoslanib. Agentlik xabarini RIA Novosti keltirgan.

“Shimoliy oqim-2”ga qarshi sanksiyalar Yevropa manfaati yo‘lida qabul qilindi – AQSh elchisi

Bunga AQShning Rossiya gaz quvurlariga qarshi sanksiyalari sabab bo‘lgan. Qurilish qancha vaqtga qoldirilgani noma’lum.

Shu bilan birga, Germaniya hukumati AQShning sanksiyalariga qaramay, loyiha muvaffaqiyatli yakunlanishiga ishonmoqda, deb xabar beradi SueddeutscheZeitung hukumat doiralariga tayanib.

Gazetaning yozishicha, Berlinning pozitsiyasi o‘zgarishsiz qolmoqda. Bundan tashqari, loyiha operatori NordStream-2, qurilishni iloji boricha tezroq tugatish niyatida ekanligini aniq ko‘rsatdi.

Germaniya gaz quvurining imkon qadar tez qurib bitkazilishidan bevosita manfaatdordir, deydi Stanislav Bishok, CIS-EMO xalqaro monitoring tashkiloti ijrochi direktori.

"Bir tomondan, diversifikatsiyalangan energiya bozoriga ega bo‘lish Germaniyaning manfaatlariga mos keladi. Boshqa tomondan, Yevropa elitasining prezident Trampdan o‘z siyosatini olib borishidan ma’lum darajada noroziligi mavjud. Bu masalada Trampga qarshi turish - Yevropaning ham o‘z nuqtayi nazari borligini ko‘rsatish va Yevropani AQShning chizgan chizig‘idan yurishiga majbur emasligini ko‘rsatishga urinishdir. Bundan tashqari, Yevropa Rossiya bilan sanksiyaviy to‘qnashuvlardan charchadi va "Shimoliy oqim-2" jiddiy infratuzilmaviy loyihadir", - dedi Stanislav Bishok Sputnik Radiosiga.

Uning fikricha, yechim albatta topiladi.

Merkel “Shimoliy oqim-2”ga qarshi sanksiyalar uchun AQShga urush e’lon qildi - Bild

"Gap Germaniya energiya xavfsizligining global muammosi borasida ketapti. Bundan tashqari, muammo yechilish arafasida. Menimcha, Germaniyada va Yevropaning asosiy davlatlarida qaror qabul qilinadi va u albatta biron bir tarzda amalga oshiriladi: yoki Shveysariya kompaniyasi o‘z majburiyatlarini oxirigacha bajaradi yoki boshqa pudratchi topiladi", deydi Stanislav Bishok.

AQSh bundan oldin “Shimoliy oqim-2” va “Turk oqimi” quvurlariga sanksiyalar kiritgan va qurilish kompaniyalaridan zudlik bilan ishni to‘xtatishni talab qilgan.

Stanislav Bishokning so‘zlariga ko‘ra, bu xalqaro miqyosda biznes yuritishda yangi so‘z.

"Bu xalqaro biznes tarixidagi yangi bosqich - biznes loyihasiga “bu loyiha Rossiya tomonidan siyosiy manipulyatsiya bo‘lishi mumkin” degan uydirma sabablar bilan sanksiyalarni kiritish. Bu misli ko‘rilmagan yangi tarixiy voqea", dedi Stanislav Bishok.

"Shimoliy oqim-2" loyihasi Rossiya qirg‘oqlaridan Boltiq dengizi orqali Germaniyaga qadar, umumiy quvvati yiliga 55 milliard kubometr gazni tashkil etadigan ikkita gaz quvurini qurishni o‘z ichiga oladi. Yevropaning yirik kompaniyalari loyihaning ishtirokchilari hisoblanadi.