Shomurodov Osiyoning eng yaxshi futbolchisi unvoniga sazovor bo‘lishi mumkin

O‘zbekiston terma jamoasi va “Rostov” hujumchisi Eldor Shomurodov “Tottenhem”, “Liverpul”ning mashhur yulduzlari bilan unvon uchun kurash olib boradi.
Sputnik

TOShKENT, 23 dek – Sputnik. O‘zbekiston terma jamoasi va Rossiyaning “Rostov” futbol klubining hujumchisi Eldor Shomurodov “Fox Sport Asia” nashrining qisqa ro‘yxatidan o‘rin oldi va Osiyo-2019 eng yaxshi futbolchisi unvoni uchun kurashadi. Bu haqda “Rostov” klubi matbuot xizmati xabar qildi.

Fransiya klubi Eldor Shomurodovga qiziqish bildirmoqda

Ro‘yxatdan jami 24 nafar o‘yinchilar o‘rin olgan. Ular orasida Takumi Minamino (“Liverpul”), Son Xin Min (“Tottenhem”), Paulino (“Guanchjou Evergrand”, Xitoy) kabi mashhur futbolchilar va boshqalar bor.

Nomzodlarga Osiyoning yetakchi sport nashrlarining vakillari ovoz berishadi.

Ta’kidlanishicha, ushbu mukofot Osiyo futbol konfederensiyasi tomonidan topshiriladigan Osiyoda Yil futbolchisi mukofoti bilan aloqasi yo‘q.