Buxoro shahrida ro‘y bergan yong‘inda 5 yoshli qizchaning jasadi topildi

Yong‘inni kelib chiqish sababi isitish qozoni dudburonining noto‘g‘ri o‘rnatilishi ekanligi taxmin qilinmoqda. Holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda.
Sputnik

TOShKENT, 23 dek – Sputnik. Buxoro shahrining Maxtumquli ko‘chasidagi uyda yong‘in sodir bo‘ldi. Yong‘inni o‘chirish vaqtida uy egasining 2014 y.t. qiz nabirasini kuygan holdagi jasadi topildi. Bu haqda DOXX xabar qilmoqda.

Xabarda yozilishicha, 23-dekabr kuni soat 00 dan 48 daqiqa o‘tganda ushbu uyda yong‘in bo‘layotganligi haqida yong‘in-qutqaruv qismiga xabar kelib tushgan.

FVV Islom sizilizatsiyasi markazidagi yong‘in bo‘yicha ma’lumot berdi

Voqea joyiga 2 ta yong‘in o‘chirish bo‘linmalari jalb etilgan.  Bo‘linmalar chaqirilgan manzilga 9 daqiqada yetib borgan. Ko‘rilgan tezkor harakatlar natijasida yong‘in soat 01:05 da qurshab olingan va soat 02:15 da to‘liq bartaraf etilgan. Yong‘in oqibatida yashash uyining 45 kv.metr maydonda tomi, shifti va ichki jihozlari yonib zararlangan. Saqlab qolingan maydoni 150 kv.metr.

“Achinarlisi, yong‘inni o‘chirish vaqtida uy egasining 2014 y.t. qiz nabirasini kuygan holdagi jasadi topilgan”,  - deyiladi xabarda.

Hozirda yong‘inni kelib chiqish sababi isitish qozoni dudburonining noto‘g‘ri o‘rnatilishi ekanligi taxmin qilinmoqda. Holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda.