Afg‘oniston prezidenti saylovlarining dastlabki natijalari e’lon qilindi

Afg‘onistonning mustaqil saylov komissiyasi 22-dekabr kuni dastlabki prezident saylovi najalarini e’lon qildi.
Sputnik

TOShKENT, 22 dek — Sputnik. Afg‘oniston mustaqil saylov komissiyasining dastlabki ma’lumotlariga qaraganda, mamlakat prezidenti lavozimiga amaldagi prezident Ashraf G‘ani da’vogarlik qilmoqda, deya yozadi Tolo News. 

Afg‘oniston TIV rahbari vazifasini bajaruvchi tayinlandi

Xabarda yozilishicha, Ashraf G‘aniga 923 ming 868 kishi yoki 50,4 foiz saylovchilar ovoz bergan.

Bosh vazir Abdulloh Abdulloh 720 ming 99 ovoz (39,52 foiz) bilan ikkinchi o‘rinda qayd etilgan. Aynan u G‘anining saylovlardagi asosiy raqibi bo‘lgan edi.

Afg‘oniston Islom partiyasi raisi Gulbiddin Hikmatiyor 70 ming 243 (3,85 foiz) ovoz to‘plashga muvaffaq bo‘lgan.

Abdulloh Abdulloh dastlabki natijalardan rozi emasligini aytib, ular soxtalashtirilganini qayd etgan.

Eslatib o‘tamiz, 28-sentabr kuni Afg‘onistonda prpezident saylovlari bo‘lib o‘tdi. Shundan so‘ng mamlakat markaziy saylov kommisiyasi ovozlarni hisoblash chiqish uchun tanaffus oldi. Bu toliblarning saylov kuni amalga oshirgan terrorchilik aktlari hamda bir necha saylov uchastkalari bilan aloqaning uzilib qolgani bilan bog‘liq edi.