Rossiya O‘zbekistonga Mi-35M harbiy vertolotlarni yetkazib berishni boshladi

Vertolotlar ikki tomonlama imzolangan bitim asosida yetkazib berilmoqda. Yil yakuniga qadar qo‘shimcha 3 dona vertolot olib kelinadi. Rossiya ikki yil davomida O‘zbekistonda umumiy hisobda 12 ta Mi-35M harbiy-transport vertolotlarini yetkazib beradi.
Sputnik

TOShKENT, 20 dek – Sputnik. Rossiya O‘zbekistonga Mi-35M harbiy vertolotlarni yetkazib berishni boshladi, deb xabar qildi RIA Novosti.

Airbus vertolotlari o‘zbek armiyasini qanchalik kuchaytiradi

Rossiya va O‘zbekiston mudofaa vazirliklari kelishuvlariga asosan ikki yil davomida O‘zbekistonda umumiy hisobda 12 ta Mi-35M harbiy-transport vertolotlarini yetkazib beriladi.

2019 yil 4-chi chorakda birinchi 4 dona vertolot yetkazib berish rejalashtirilgan.

“Birinchi vertolot O‘zbekiston harbiy qismlardan biriga yetib bordi”, - deb ma’lum qildi agentlik suhbatdoshi.

Harbiy-texnik hamkorlik federal xizmati ma’lumotlariga ko‘ra, Mi-35M vertolotlarini yetkazib berish 2017-yilda O‘zbekiston hukumatiga berilgan davlat eksport krediti asosida amalga oshirilmoqda.

Mi-35M transport va jangovar vertoloti zirhli texnikalarni yo‘q qilish va quruqlikdagi kuchlar bo‘linmalarini zarba berish tomondan qo‘llab-quvvatlash uchun mo‘ljallangan. Zamonaviy yuqori aniqlikdagi qurol-aslahalar bilan jihozlangan va turli ob-havo sharoitida jangovar vazifalarni bajarishga qodir. Mi-35M vertolotlarida harbiy xizmatchilar va texnikani tashish mumkin.