TOShKENT, 20 dek – Sputnik. Virginiya shtati universitetining bitiruvchisi Kamilla Shrayer “Miss Amerika” go‘zallik tanlovi g‘olibasi bo‘ldi.
Shrayer biokimyo va biologiya tizimini o‘rganish dasturi bo‘yicha tahsil olgan. Kelgusida u farmatsevtika sohasida ilmiy daraja olishni rejalashtirmoqda. Shrayerga oliygohda olgan bilimlari tanlovda g‘oliblikni qo‘lga kiritishga yordam berdi.
U iste’dod tanlov bosqichida - vodorod peroksid moddasi kimoviy reaksiyasini namoyish qildi.
Konnektikut shtatida o‘tkazilgan tanlovi g‘olibiga 50 ming dollar mukofot berildi.