Allamjonov: AOKA bor ekan, ijtimoiy tarmoqlar yopilmaydi!

Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi rahbari Komil Allamjonov jurnalistlarning ijtimoiy tarmoqlarning yopilish-yopilmasligi haqidagi savoliga javob berdi.
Sputnik

TOShKENT, 20 dek – Sputnik. Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi rahbari Komil Allamjonov jurnalistlarning ijtimoiy tarmoqlarning yopilish-yopilmasligi haqidagi savoliga javob berdi.

AOKA tashkil etilganidan buyon O‘zbekiston media-olamida nimalar o‘zgardi?

Bugun 20-dekabr kuni Zarafshondagi Media hall'da, jurnalistlar bilan uchrashuvda AOKA rahbari Komil Allamjonov bugungi axborotlashgan asr yuzasidan o‘z fikrini bildirib o‘tdi.

“Masalan, OAVda faoliyat yuritayotgan jurnalistlar yoki blogerlar bo‘lmasin deylik, bundan kim yutadi? Hozirgi texnika asrida jamiyatni boshqa informatsiya bosib ketadi, mish-mish ko‘payadi.

Shuning uchun davlat boshqaruvi idoralari rahbarlari, hamkasblarimizga, hammaga tushuntiramizki, orqaga yo‘l yo‘q. Prezidentimiz bu jarayonni tushunib aytaptilar, orqaga yo‘l yo‘q, tanlagan yo‘limiz shu. Endi shu yo‘lda faqat to‘g‘ri ishlashni o‘rganishimiz kerak”- deydi Allamjonov.

Shuningdek, ijtimoiy tarmoqlarning bulturgidek yopilib qolish ehtimoli bor yoki yo‘qligi to‘g‘risidagi savolga Komil Allamjonov.

“Ehtimol yo‘q! Bizning agentligimiz bor ekan, biz bu narsaga yo‘l qo‘ymaymiz” -deya javob berdi.