Afg‘onistondagi zilzila kuchi O‘zbekistonning barcha hududlarida sezildi

Bugun, 20-dekabr kuni Afg‘onistonda sodir bo‘lgan zilzila O‘zbekistonning barcha hududlarida sezildi. Uning kuchi eng ko‘p 4 ballni tashkil etdi.
Sputnik

TOShKENT, 20 dek – Sputnik. Bugun, 20-dekabr kuni Afg‘onistonda sodir bo‘lgan zilzila O‘zbekistonning barcha hududlarida sezildi.

FVV matbuot xizmatining xabar berishicha, yer qimirlashi Toshkent shahridan 524 kilometr janubda, soat 16:39da yuz bergan.

Zilzila magnitudasi 6,5, chuqurligi 202 kilometrni tashkil etgan.

Yer osti silkinishlari kuchi Surxondaryoda 4 ball, Toshkent, Namangan, Andijon, Farg‘ona, Sirdaryo, Jizzax, Samarqand, Buxoro, Qashqadaryo va Navoiyda 3 ball, Xorazm va Qoraqalpog‘istonda 2 ballni tashkil etgan.