AQShda LGBT bayrog‘ini yoqib yuborgan erkakga 16-yil qamoq jazosi berildi

AQShning Ayova shtatida istiqomat qiluvchi Adolfo Martines LGBT bayrog‘ini yoqib yuborgani uchun 16-yil ozodlikdan mahrum etildi.
Sputnik

TOShKENT, 20 dek – Sputnik. Ayova shtatida istiqomat qiluvchi Adolfo Martines mahalliy cherkovning LGBT bayrog‘ini yoqib yuborgani uchun 16-yil ozodlikdan mahrum etildi.

Bu haqda RIA Novosti Des Moines Register gazetasiga asosan xabar qildi.

O‘tgan oyda 30 yoshli Martinez nafrat, haqorat qilish va olovdan ehtiyotsizlik foydalanishda ayblangan edi.

Iyun oyida erkak Xrist Ayms cherkovi oldida osilgan LGBT plakatini o‘g‘irlagan va uni yoqib yuborgan. Sodir etgan qilmishi haqida politsiyaga iqror bo‘lgan.