TOShKENT, 19 dek – Sputnik. AOKA "Agentligimiz faoliyati jurnalist va blogerlar nigohida" deb nomlangan videorolikni tayyorladi.
Unda respublikada faoliyat yurituvchi jurnalistlar va blogerlar O‘zbekiston media-olamidagi o‘zgarishlar haqida o‘z fikrlarini aytishgan.
"Axborot va ommaviy kommunikatsiya agentligi davlat organlari ochiqligini ta’minlash borasida salmoqli ishlarni amalga oshirdi", – Sputnik, Dilshoda Rahmatova.
"Zamonaviy fikrlar, zamonaviy qarash bilan va OAVlarini zamonaviy tendensiyalari hisobga olgan holda faoliyat yuritishmoqda", – Xushnud Xudoyberdiyev, bloger.
"Agentlik barcha jurnalistlar va brogerlarni o‘z himoyasiga oldi", - Daryo.uz.
"Bir narsa alohida aytishim kerak, matbuot anjumaniga tanlab odam aytish tajribasi yo‘qola boshladi", – Qalampir.uz.
"Bizga u yoki bu material materialni olib tashlash yuzasidan qo‘ng‘iroqlar, xatlar kelishi to‘xtadi - bu ko‘p narsani anglatadi", - Podrobno.uz.
"Jurnalistlarni yuki 60-70 foizga yengillashdi", – Xabar.uz.
"Nihoyat O‘zbekistonda ham internet nashrlari jurnalistlari davlat mukofotlarini ola boshladi", – Kobil Xidirov, bloger.