TOShKENT, 18 dek — Sputnik. Toshkent viloyati Zangiota tumanida yerni noqonuniy sotayotgan ikki jinoyat ustida qo‘lga olindi.
Bosh prokuratura matbuot xizmati xabariga ko‘ra, 17-dekabr kuni huquqni muhofaza qiluvchi organlari xodimlari hamkorligida tezkor tadbir o‘tkazilgan. Unda Zangiota tuman hokimligi umumiy bo‘lim mudiri A.T. va “M.G.S.” MChJ rahbari M.S.lar jamiyatga tegishli “Qatortol” qishlog‘i, “Navro‘z” massividagi 2,7 gektar yer maydonining 0,3 gektarini noqonuniy ravishda fuqaro S.X.ga 120 ming dollarga sotayotgan vaqtida jinoyat ustida ushlanishgan.
Ularni yerning har bir sotixini 4 ming dollarga baholashgan.
Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston JKning tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.