Tramp impichmentiga ovoz berish sanasi ma’lum qilindi

Donald Trampning o‘zi ovoz berish AQSh Konstitutsiyasiga zid deb hisoblaydi va demokratlarni impichment jarayonini o‘tkazishda Konstitutsiyani buzayotganlikda ayblamoqda.
Sputnik

TOShKENT, 18 dek — Sputnik. AQSh kongressi Vakillar palatasining prezident Donald Tramp impichmenti bo‘yicha yakuniy ovoz berishi bugun, 18-dekabr kuni bo‘lib o‘tadi. Bu haqda palata spikeri Nensi Pelosining demokratlarga yo‘llagan murojaatida aytilgan.

“Ertaga (18 dekabr – tahr.) Vakillar palatasi Konstitutsiya tomonidan bizga berilgan eng muhim vakolatlardan birini amalga oshiradi, zeroki AQSh prezidentiga nisbatan ikkita modda bo‘yicha impichmentni tasdiqlashga ovoz beradi”, - deya ma’lum qilgan Pelosi.

AQSh kongressi Trampga nisbatan impichment jarayonini boshlamoqda

Kecha Tramp Nensi Pelosiga maktub yo‘llab, u va boshqa demokratlarni impichment jarayonini o‘tkazishda Konstitutsiyani buzayotganlikda ayblab, qat’iy norozilik bildirgan edi.

AQSh prezidentini hokimiyatni suiiste’mol qilish va qonun chiqaruvchilar ishiga to‘sqinlik qilishda ayblashmoqda.

Agar demokratlar nazorati ostidagi Vakillar palatasi Tramp impichmentini yoqlab ovoz bersa, ish Senatga yo‘naltiriladi.

Bu kunga qadar Vakillar palatasi ikki marta Endryu Jonson (1868 yil) va Bill Klintonga (1998 yil) impichment e’lon qilishgan. Har ikkalasi ham Senat tomonidan oqlangan.

Eslatib o‘tamiz, AQSh kongressi Trampga nisbatan impichment jarayonini boshlagan edi. Tramp impichmentiga uning Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy bilan muloqoti asos qilib ko‘rsatmoqda. Trampning bu muloqot davomida Xanter Bayden - AQSh prezidentligiga nomzod Jo Baydenning o‘g‘liga qarshi surishtiruv ishlarini boshlashni talab qilgani iddao qilinmoqda.