Taksichi migrantlar Rossiya haydovchilik guvohnomasini olishi kerak – yangi qonun

Migrant-taksichilar Rossiya haydovchilik guvohnomasini olishga majburlaydigan qonun tayyorlandi. Deputatlar migrantlarga o‘z haydovchilik malakalarini Rossiya davlat organlarida tasdiqlash majburiyatini yuklamoqchi.
Sputnik

TOShKENT, 18 dek – Sputnik. Bir guruh senatorlar va deputatlar Davlat Dumasiga taksi yo‘lovchilarining xavfsizligini oshiruvchi qonun loyihasini kiritishdi, deb xabar qildi “Yedinaya Rossiya" partiyasi matbuot xizmati.

Taksi, litsenziya va soliq: yo‘lovchilarni tashish sohasida kutilayotgan yangiliklar

Qonun loyihasida taksi haydovchilariga Rossiya haydovchilik guvohnomalariga ega bo‘lish talabi kiritilgan. Agar hujjat ma’qullansa, xorijiy fuqarolar o‘z haydovchilik malakalarini Rossiya davlat organlarida tasdiqlashlari kerak bo‘ladi.

Shu bilan birga, Rossiya haydovchilik guvohnomasiga o‘tish uchun uch yil muddatga kechiktirish nazarda tutilgan.

Bundan tashqari, qonunda o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar taksi xizmatlarini ko‘rsatish huquqiga ega bo‘lishi belgilab qo‘yilgan. Shuningdek, qonun loyihasida agregatorlarni taksida ishlashga ruxsat berilmagan haydovchilari buyurtmalarni olishi uchun moliyaviy javobgarlik belgilash ko‘zda tutilgan.

Tizimda ro‘yxatdan o‘tish paytida haydovchilarni tekshirish tartibini osonlashtirish uchun qonunda taksilar uchun ruxsatnomalarning mintaqaviy reyestrlarini yaratish taklif qilingan, unga har bir agregator ulanishi kerak bo‘ladi.