O‘zbekistondagi noqulay ob-havo yana qatnovlar jadvaliga ta’sir ko‘rsatmoqda

O‘zbekistonda yana tuman va noqulay ob-havo sharoitlari kuzatilmoqda. Toshkent aeroportidagi ko‘rinish yetarli darajada bo‘lmaganligi bois Jidda-Toshkent qatnovi Buxoro aeroportida qo‘nishga majbur bo‘ldi.
Sputnik

TOShKENT, 16 dek — Sputnik. O‘zbekistonda yana tuman va noqulay ob-havo sharoitlari kuzatilmoqda. Shu bois ikkita samolyotning qo‘nish vaqti va joyi o‘zgartirilgan. Bu haqda “O‘zbekiston havo yo‘llari” axborot xizmati xabar qilmoqda.

Namanganga reys nega kechiktirildi: bortdagi mushtlashuv va Uzbekistan Airways javobi

Qayd etilishicha, bugun HY-042 Samarqand-Toshkent qatnovi aeroportida ko‘rinish qoniqarli darajada bo‘lmaganli sababli uchish vaqti 9:30 ga ko‘chirilgan. Shu munosabat bilan HY-065 Toshkent-Termiz qatnovi vaqti soat 10:30 ga surilgan.

Shuningdek, soat 7:17 da Toshkent aeroportidagi ko‘rinish yetarli darajada bo‘lmaganligi bois HY-3620 Jidda-Toshkent qatnovi havo kemasi Buxoro aeroportida qo‘nishga majbur bo‘lgan. Bir oz vaqtdan so‘ng samolyot Toshkentga uchishga qaror qilgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Namangan va Farg‘onaga uchgan samolyot noqulay ob-havo sabab Toshkentga qo‘ngani xabar qilingan edi.