Qozog‘istonda YTHga uchragan o‘zbekistonliklardan biri halok bo‘ldi

Rossiyadan qaytayotgan o‘zbekistonliklar Qozog‘istonda YTHga uchradi. Uch kishi jarohat olgan, bir kishi esa qurbon bo‘lgan.
Sputnik

TOShKENT, 16 dek — Sputnik. Rossiyadan qaytayotgan o‘zbekistonliklar Qozog‘istonda YTHga uchradi. Halokat oqibatida  bir nafar o‘zbekistonlik halok bo‘ldi.

TIV Orenburgdagi YTHda halok bo‘lgan o‘zbekistonliklar to‘g‘risida ma’lumot berdi

O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati xabariga ko‘ra, YTH 13-dekabr kuni ertalab soat 9:30 larda Qarag‘anda viloyatining   “Qarag‘anda—Balxash” avtomobil yo‘lida sodir bo‘lgan. Yuz bergan to‘qnashuv oqibatida bir nafar O‘zbekiston fuqarosi bo‘lgan I.Y.ning vafot etgan. Qolgan uch nafar fuqaro (A.Y., V.K. va H.A.)  jarohatlanib, kasalxonaga yotqizilgan.

Ayni damda holat yuzasidan Qarag‘anda viloyati yo‘l politsiyasi tergov ishlarini olib bormoqda.

Konsullik-huquqiy departamenti zarur hollarda Qozog‘istonning Nur-Sulton shahri, Aqmola, Shimoliy Qozog‘iston, Pavlodar, Qo‘stanay va Qarag‘anda viloyatlarida bo‘lib turgan fuqarolar mamlakatning Nur-Sulton shahridagi elchixonasi raqami (+7-717-295-42-52)ga murojaat qilishlari mumkinligini eslatib o‘tgan.