"Iskanderlarga" ularni javobi. AQShning yangi raketalari dunyoga qanday tahdid solmoqda

Siyosatchilar va ekspertlar fikricha, amerikaliklar ushbu bitimdan chiqishdan ancha oldin shartnoma bilan ta’qiqlangan raketalar ustida ishlashga kirishgan.
Sputnik

TOShKENT, 16 dek — Sputnik, Nikolay Protopopov. Bu hali mintaqalararo raketa emas, lekin taktik emasligi ham aniq — shu kunlarda Kaliforniyadagi Vandenberg aviabazasidan noyadroviy ballistik raketaning yangi tajribadan o‘tgan namunasi start oldi. Yer ustida joylashgan mobil qurilma yordamida ishga tushirilgan raketa besh yuz kilometrdan ortiq masofani uchib o‘tib, Tinch okeaniga quladi. Aviabaza xodimi RIA Novostiga, bu bir necha oylar oldin ta’qiqda bo‘lgan, o‘rta masofaga uchuvchi qurol ekanligini ochiq aytdi.

Sovuq urush ostonasida: AQSh DRSMD bilan ta’qiqlangan raketani sinovdan o‘tkazdi

Beo‘xshov tomosha

O‘rta va qisqa masofaga uchuvchi raketalarni yo‘q qilish to‘g‘risidagi shartnoma AQSh tashabbusi bilan 2-avgust kuni amal qilishdan to‘xtadi. Qo‘shma Shtatlar Rossiyani bitim shartlarini buzganlikda ayblagan edi. Ammo Vashington shartnomadagi o‘z ishtirokini yanada oldinroq to‘xtatgan: 2019-yilning mart oyida. O‘shanda amerikaliklar yer ustida joylashadigan yangi raketa loyihasi ustida zudlik bilan ish boshlash kerakligini e’lon qilib, tizim bir necha yildan so‘ng tayyor bo‘lishini qo‘shimcha qilgandilar.

Lekin ilk uchuvchi namuna to‘qqiz oydan ham qisqa vaqtda paydo bo‘ldi. Bu kamida hayratga sazovor. Amerikalik konstruktorlar, albatta, ishga zo‘r berib kirishgan va ishlanma yaratilishi muddatini tezlashtirgan taqdirda ham shu narsa ayonki, bu muddat ichida yangi turdagi qurolning tajriba namunasini yig‘ish va uni sinovdan o‘tkazishning iloji yo‘q. Hatto, Pentagonning deyarli cheklanmagan moliyaviy imkoniyatlarini, uning Rossiyadan o‘zib ketish singari ulkan istagini inobatga olsak ham, bu mumkin emas.

"Ikki yuzlamachi siyosat" - Xarbiy ekspert AQShda raketa sinovi haqida

Siyosatchilar va ekspertlar fikricha, amerikaliklar ushbu bitimdan chiqishdan ancha oldin shartnoma bilan ta’qiqlangan raketalar ustida ishlashga kirishgan. Buni rossiyalik ekspertlargina aytayotgan emas. Sinovlardan ko‘p o‘tmay Xitoy TIV Pentagon rahbari Mark Esper tushuntirishlarini "beo‘xshov tomosha", deya atagandi.

"2 avgust kunidan, ya’ni AQSh RSMD shartnomasidan chiqishi haqida e’lon qilgan sanadan to bugunga qadar Pentagon yer ustida joylashgan ikkita raketani sinovdan o‘tkazdi. Esper AQSh ushbu startlarga fevral oyidan buyon tayyorgarlik ko‘rayotganini faxr bilan qo‘shimcha qildi. E’tibor berishingizni so‘rayman: AQSh DRSMdan chiqishi haqida 2-avgust kuni rasman e’lon qilgan, tayyorgarlik ko‘rish ishlari esa - fevraldan boshlangan. Bu bizning oldingi taxminlarimizni yana bir marta tasdiqlamoqda, AQSh DRSMdan chiqishni oldindan maqsad qilgan", - deb ta’kidladi XXR TIV vakili.

O‘rta masofa

Haqiqatan ham, avgustda Pentagon qanotli raketani sinovdan o‘tkazgan bo‘lib, u besh yuz kilometrdan ortiq masofada joylashgan marrani zabt etgandi, bu esa DRSMD kelishuviga tamomila ziddir. Rossiya TIV rasmiylari ushbu raketalar uchirilgach AQSh shartnomani uzishga ancha oldindan va ongli ravishda tayyorgarlik ko‘rib kelgan, deya aytishdi.

AQSh yangi raketasi qanday zarba berishi ma’lum bo‘ldi - foto

"Bunday vaqt ichida bu singari tadbirlarni amalga oshirishning deyarli imkoni yo‘q, agar ularga oldindan tayyorgarlik ko‘rilmagan bo‘lsa, albatta. Shunday ekan, AQSh DRSMDdan chiqishga nafaqat siyosiy va targ‘ibot jihatidan, balki moddiy harbiy-texnik tayyorgarlik ham ko‘rganligi guvohi bo‘ldik. Vashington bu ishga uzoq vaqt davomida tayyorgarlik ko‘rgan", - deb bayonot qildi TIV.

AQShning RSMD shartnomasidan chiqish rejasini AQSh armiyasi qo‘mondonligi tomonidan tashkillashtirilgan va 2018-yilda o‘tkazilgan yangi raketa qurilmalari taqdimoti ham bilvosita tasdiqlardi. Pentagon u yerda tezkor-taktik vazifasini o‘tovchi Strategic Fires Missile deb nom olgan istiqbolli boshqariladigan raketani taqdim etgandi. Uning parvoz masofasi 500dan 2250 gacha kilometrni tashkil etardi — ya’ni bu o‘rta masofaga uchuvchi raketa edi. Aytgancha, o‘sha ishlanmaning surati hozir sinovdan o‘tkazilgan raketa fotosuratlariga juda o‘xshash.

Ixtisoslashgan blog sanalmish BMPD ekspertlari ma’lumotlariga ko‘ra, bu loyiha bilan amerikaning Northrop Grumman Innovation Systems kompaniyasi — sobiq Orbit ATK korporatsiyasi shug‘ullanib keladi, u 2018-yilda Northrop Grumman tarkibiga kirgan. Taxminlarga ko‘ra, raketa asosi sifatida qattiq yoqilg‘i bilan ishlaydigan Castor-4V tezlatish pog‘onasi xizmat qilgan. Undan ko‘pincha amerikaning ballistik raketa-nishonlarida foydalaniladi.

Dushman o‘tib ketmaydi: "Iskander" majmuasi raketa uchirdi

Rossiyada bu raketa-nishonlarga RSMD shartnomasiga zid bo‘lgan o‘rta masofaga uchuvchi raketa prototiplari sifatida qaraladi.

"Iskander" analogi

Bundan tashqari, amerikaliklar DRSMD tomonidan allaqachon qisqa masofaga uchuvchi raketa, deya tasniflanadigan qurolni yaratishmoqda. 2018-yilgi o‘sha taqdimotda Pentagon Precision Strike Missile (PrSM) tezkor-taktik raketani taqdim etdi. Uning parvoz masofasi 70 kilometrdan 499 kilometrgachani tashkil qilardi. Shu bilan birga aslida raketa yetti yuz kilometr masofadagi marrani ham zabt eta oladi.

Tojikistonga Rossiyaning "Iskander-M" raketa majmualari keltirildi

Bu raketa bilan Lockheed Martin kompaniyasi 2017-yildan buyon shug‘ullanib keladi. Gap aniqlilik darajasi o‘ta yuqori bo‘lgan yangi avlod quroli haqida bormoqda, u AQSh armiyasida 1990-yildan buyon foydalanib kelinayotgan MGM-140 ATACMS taktik raketasi majmuasini o‘rnini bosadi.

PrSM ham sinovdan o‘tkazildi. Raketa zalp bilan o‘t ochish reaktiv tizimi bo‘lgan M142 HIMARS yordamida amalga oshirildi. Raketa 240 kilometr uchib o‘tib, marrani aniq nishonga oldi.

Qisqa masofaga uchuvchi istiqbolli raketa yana bir amerika kompaniyasi - Raytheon tomonidan ishlab chiqarilmoqda. Sinovlar 2020-yilga mo‘ljallangan. Pentagonda hozir tanlov ustida bosh qotirishmoqda, lekin shunisi ayonki, amerika armiyasi yangi qurolga 2023-yilgacha ega bo‘ladi.

PrSM ni Rossiyaning "Iskander-M" raketa-majmuasi muqobili, deb aytish mumkin. Aynan shu raketa xususiyatlari AQShning RSMD shartnomasidan chiqishiga bahona bo‘lgan edi. Vashington Moskvani ushbu majmua uchun yaratilgan - 9M728 qanotli raketaning modifikatsiyalashgan versiyasi DRSMD talablarini buzishida ayblagandi: amerikaliklar fikricha go‘yoki raketaning uchish masofasi ruxsat berilgan 500 kilometrdan oshib tushadi.

AQSh kosmik kuchlari hujumkor bo‘ladi - Tramp bayonoti

Moskvada bu ayblovlarni rad etishdi, Mudofaa vazirligi esa hatto raketaning ayrim xususiyatlarini ochiqlashga majbur bo‘ldi. Xususan, Raketalar va artilleriyalar qo‘shini qo‘mondoni Mixail Matveyevskiy qanotli raketaning modernizatsiyasi uning jangovar qismi kuchini hamda aniqlilik xususiyatlarini oshirishga qaratilganini ma’lum qildi. 9M728 va 9M729 raketalari aksariyat asosiy agregatlar bo‘yicha bir xil shaklga keltirilgan edi. 9M729 raketasi uchish masofasi esa uning massasi oshishi hisobiga 480 kilometrgacha kamaytirilgandi.

Rossiya misli ko‘rilmagan qadamni tashladi va AQShga 9M729 raketasi DRSMD talablariga mosligiga ishonch hosil qilish uchun opiq tartibda u bilan jonli ravishda tanishib chiqishni taklif etdi. Amerikaliklar bosh tortishdi.