Finlyandiya bosh vaziri uni “sotuvchi” deb haqorat qilgan estoniyalik vazirga javob qaytardi

Estoniya va Finlyandiyani ko‘p asrlik qo‘shnichilik rishtalari bog‘laydi, shuning uchun Mart Xelmening so‘zlari katta janjalga sabab bo‘ldi. Ayrim siyosatchilar uning so‘zlari ikki davlat munosabatlariga putur yetkazganini ta’kidlashmoqda.
Sputnik

TOShKENT, 16 dek — Sputnik. Estoniya ichki ishlar vaziri Mart Xelme 34 yoshli Sanna Marinning Finlandiya bosh vaziri lavozimiga tayinlanganini keskin tanqid qildi. Amaldor bu faktga izoh bera turib, “sotuvchi bosh vazir darajasigacha yetganini” ma’lum qilgan.

Sputnik Estoniya agentlikni mamlakatdan “siqib chiqarishga” urinishayotganini ma’lum qildi

“Hozir Finlandiyada ro‘y bergan hodisadan teppa sochlar tikka bo‘ladi. Men shu munosabat bilan Vladimir Ulyanov-Leninning har qanday oshpaz ayol vazir bo‘lishi mumkin degan gaplarini eslatib qo‘ymoqchi edim. Mana biz qanday qilib sotuvchi ayol bosh vazir darajasiga ko‘tarilgani hamda ba’zi ko‘cha faollari va omi kishilar hukumat a’zolari qatoriga qo‘shilgaginini ko‘rib turibmiz”,  - dedi estoniyalik vazir TRE Raadio efiri chog‘ida. RIA Novosti uning so‘zlaridan iqtibos keltirgan.

Shuningdek, Xelme yangi Finlandiya hukumati davlat manfaatlarini himoya qila olishiga shubha qilgan.

Sanna Marin Estoniya IIV rahbarining so‘zlariga javob qaytardi. U o‘zining Twitter᾽ida “qashshoq oiladan chiqqan bola ta’lim olib, hayotda ko‘p narsalarga erishishi mumkin bo‘lgan” mamlakati bilan juda faxrlanishini qayd etgan. 

“Do‘kon kassachisi bosh vazir bo‘lishi mumkin. Ishchilar sinfisiz Finlandiya ko‘karmaydi. Men har bir xodim, mutaxassis va tadbirkorning ishini qadrlayman”, - deya yozgan yosh siyosatchi.

Estoniya va Finlandiyani ko‘p asrlik qo‘shnichilik rishtalari bog‘laydi, shuning uchun Mart Xelmening so‘zlari katta janjalga sabab bo‘ldi. Ayrim siyosatchilar uning so‘zlari ikki davlat munosabatlariga putur yetkazganini ta’kidlashmoqda.

Keyinchalik Estoniya prezidenti Kersti Kalyulayd  Finlandiya rahbari Sauli Niinisto telefon orqali muloqot qilib, ichki ishlar vazir so‘zlari uchun uzr so‘ragan.

Eslatib o‘tamiz,  Sanna Marin parlamentning ishonchini olgan va prezident 10-dekabr kuni uni bosh vazir etib tayinladi. 34 yoshli siyosatchi dunyodagi eng yosh bosh vazir bo‘ldi.