O‘zbekiston va YeOII

Putin YeOIIda nafaqa ta’minoti to‘g‘risidagi bitim imzolanishini ma’qulladi

Bitim kuchga kirganidan so‘ng nafaqalar ushbu staj orttirilgan YeOIIga a’zo davlat tomonidan tayinlanadi va to‘lanadi.
Sputnik

TOShKENT, 15 dek – Sputnik. Rossiya prezidenti Vladimir Putin Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqiga a’zo davlatlar hududida xodimlarning nafaqa bilan ta’minlash to‘g‘risidagi bitim imzolanishini ma’qulladi. Tegishli farmoyish huquqiy axborot rasmiy internet portalida e’lon qilingan.

YeOII a’zolari nafaqa to‘g‘risida yangi shartnoma imzolaydi

Hujjat Oliy Yevrosiyo iqtisodiy kengashi yig‘ilishida imzolanishi mumkin.

Bitim kuchga kirganidan so‘ng nafaqalar ushbu staj orttirilgan a’zo davlat tomonidan tayinlanadi va to‘lanadi.

Fuqaro nafaqa to‘lash to‘g‘risidagi ariza bilan yashab turgan mamlakatida murojaat qilishi mumkin.

YeOIIga a’zo davlatlar ishchilarining nafaqa ta’minoti to‘g‘risidagi bitim bo‘yicha ishlar bir necha yil davomida amalga oshirildi. Hozirda YeOIIga Rossiya, Armaniston, Belarus, Qozog‘iston va Qirg‘iziston a’zodir.