TOShKENT, 14 dek - Sputnik. AQSh kosmik qo‘mondonligi nafaqat mudofaa, balki hujumkorlik imkoniyatlari jihatdan ham rivojlanadi, deb bayonot qildi AQSh prezidenti Donald Tramp juma kuni jurnalistlar bilan muloqoti davomida.
"Kosmik kuchlar bizning himoyamizning juda muhim tarkibiy qismi bo‘ladi, va, to‘g‘risini aytganda, hujumkorlik imkoniyatlarimizning ham muhim qismi bo‘ladi. Bu davlatimiz uchun juda muhimdir", - degan Tramp Paragvay prezidenti Mario Abdo Benites bilan Oq Uyda uchrashuvi arafasida.
Eslatib o‘tamiz, Tramp avgust oyida AQSh kosmik qo‘mondonligi ish boshlaganini va kosmosni harbiy harakatlarning keyingi sohasi, deya atagan edi.