Qafas yopilganda men har doimdek o‘z ishimni qilaman - Habib Toni bilan jangi haqida

UFC chempioni Habib Nurmagomedov Toni Fergusonni nima uchun yoqmasligini aytdi. Nurmagomedov va Ferguson o‘rtasida jang Nyu-Yorkda 18-aprelda Barclays Center arenasida o‘tkaziladi.
Sputnik

TOShKENT, 13 dek – Sputnik. UFC chempioni Habib Nurmagomedov amerikalik jangchi Toni Fergusonni nima uchun yoqmasligini aytdi.

“Moskvada ko‘rishamiz, mushukcha”: Habib va Konor yana janjallashdi

“Toni juda yaxshi jangchi va men unga qarshi shaxsiy narsam yo‘q, lekin rostini aytsam, men uni yoqtirmayman. Men uning boshida nimalar bo‘layotganini tushunmayman, menga bu kerak kerak ham emas. Men bo‘lajak jangga e’tiborimni qarataman. Qafas yopilganda men har doimgidek ishimni bajaraman”, - RT sportchining so‘zlarini keltiradi.

Eslatib o‘tamiz, Nurmagomedov va Ferguson o‘rtasida jang Nyu-Yorkda 18-aprelda Barclays Center arenasida o‘tkaziladi.

Nurmagomedov sentabrda Abu-Dabida amerikalik jangchi Dastin Puaryeni mag‘lubiyatga uchratib, UFC chempionlik kamarini himoya qilgandi.

Ferguson iyun oyida o‘tkazgan oxirgi jangida Serron ustidan g‘alaba qozongandi. Ferguson professional karyerasida 25 ta jangda g‘alaba qozongan bo‘lsa, 3 ta jangda  mag‘lubiyat alamini tortgan.

Nurmagomedov 28 ta jang o‘tkazgan bo‘lsa, barchasida g‘alaba qozongan.