Milliy gvardiyachi fuqaro hayotini saqlab qoldi

Buxorolik Milliy gvardiya xodimlari yana bir kishining hayotini saqlab qolishdi: ko‘chada hushidan ketgan fuqaroga tezlik bilan yordam ko‘rsatildi.
Sputnik

TOShKENT, 13 dek - Sputnik. Buxoroda milliy gvardiyachi hushidan ketib yiqilgan fuqaroning hayotini saqlab qoldi, deb xabar qilmoqda Milliy gvardiya matbuot xizmati. 

Milliy gvardiya xodimlari o‘zini daroga tashlagan ayolni qutqarishdi

"Kuni kecha Buxoro viloyati G‘ijduvon tumanida joylashgan Abduxoliq G‘ijduvoniy ziyoratgohi hududida o‘z xizmat vazifasini o‘tayotgan Milliy gvardiya Qo‘riqlash xizmati xodimi O.Zikrillayev ziyoratga tashrif buyurgan fuqarolardan biri hushidan ketib yiqilganini ko‘rib qoladi va sherigiga tez yordamga xabar berishini tayinlab o‘zi zudlik bilan ushbu fuqaroga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatishga kirishadi.

Milliy gvardiya xodimining yordamida hushiga keltirilgan ziyoratchi fuqaro tez tibbiy yordam yetib kelguniga qadar kuzatuvda bo‘lib, sog‘ligi yaxshilanganiga ishonch hosil qilingandan so‘ng kuzatib qo‘yilgan.

Tibbiy yordam ko‘rsatilishi vaqtida ushbu fuqaro Buxoro viloyati G‘ijduvon tumanida istiqomat qiluvchi I.D. ekanligi aniqlangan", - deyilgan xabarda.

Buxoroda hovuzda cho‘kayotgan bolani IIV xodimi qutqarib oldi

Ma’lumki, O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi harbiy xizmatchilari va xodimlaridan  respublikamiz bo‘ylab jamoat tartibini saqlash, jismoniy va yuridik shaxslar mulkini, shuningdek, ijtimoiy-iqtisodiy ahamiyatga ega bo‘lgan obyektlarni ishonchli qo‘riqlanishini ta’minlashda  hushorlik talab qilinadi.

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan 2019-yil davomida Milliy gvardiya xodimlari bir necha bor inson hayotini saqlab qolishga muvaffaq bo‘lishdi. Xususan 18-oktabr kuni Toshkent shahrida, 10-oktabr kun Qoraqalpog‘istonda, 1-iyul kuni Buxorodagi ziyoratgohda, 30-iyun kuni Toshkentda suvda cho‘kayotgan odamlarni qutqarib qolishgan edi.