TOShKENT, 13 dek - Sputnik. Pentagon biroz oldin RSMD shartnomasida taqiqlangan raketani sinovdan o‘tkazdi. Xarbiy siyosatshunos Andrey Koshkin AQSh ushbu raketani avvalroq - shartnoma amal qilish davrida ishlab chiqarilgan degan tahminni oldin surdi.
Amerika Qo‘shma shtatlari ilgari RSMD shartnomasi tomonidan taqiqlangan yadrosiz o‘rta masofaga mo‘ljallangan ballistik raketani sinovdan o‘tkazdi.
"Mudofaa vazirligi yadrosiz, yerda joylashtirilgan ballistik raketaning parvoz sinovlarini Tinch okeani vaqti bilan ertalabki soat 8.30 da (Moskva vaqti bilan 19.30) bugun, 2019-yil 12-dekabr kuni Kaliforniya shtatidagi Xavo mudofaasi kuchlarining "Vandenberg" aviabazasidan amalga oshirdi. Biz hozirda natijalarni baxolayapmiz",- dedi RIA Novostiga Vanderberg aviabazasi vakili.
Keyinchalik Pentagon rahbari Mark Esper sinovlar muvaffaqiyatli o‘tganini aytdi.
Joriy yilning avgust oyida Pentagon RSMD shartnomasi bilan taqiqlangan yadrosiz, yerda joylashtirilgan ballistik raketasini sinovdan o‘tkazdi. Ma’lum bo‘lishicha, raketa 500 kilometrlik parvozdan so‘ng nishonga mavaffaqiyatli zarba bergan.
Bunday xarakatlar AQShning ikki yuzlamachi siyosatini namoish etadi, - deydi xarbiy siyosatshunos, Plexanov nomidagi Rossiya Iqtisodiyot universitetining siyosiy fanlar va sotsiologiya kafedrasi mudiri Andrey Koshkin.
"Bugungi kunda AQSh imkon qadar tezroq o‘rta va qisqa masofalarga uchadigan raketalarni ishlab chiqishga intilmoqda va ular RSMD shartnomasi amal qilish paytida xam ushbu loyixalar ustida ishlaganlaridan xijolat bo‘lmayabdilar. Bu Qo‘shma Shtatlarning ikki yuzlama siyosatining asl ko‘rinishi, ular hatto xalqaro maydonda xalqaro shartnomalar shartlarini bajarmay kelmoqdalar. Shunday qilib, Amerika Qo‘shma Shtatlari Yevropa qit’asida o‘rta masofaga mo‘ljallangan raketalarni joylashtirishini kutishimiz mumkin va bu holat o‘z yo‘lida yevropaliklarning jiddiy g‘azabiga sabab bo‘lishi mumkin. Rossiya, o‘z navbatida, tahdidni zararsizlantirish bo‘yicha tegishli choralarni ko‘rishiga majbur bo‘ladi”, - dedi Andrey Koshkin Sputnik Radiosiga.
O‘rta va qisqa masofadagi raketalarni yo‘q qilish to‘g‘risidagi shartnoma (DRSMD) AQShning tashabbusi bilan 2-avgustda bekor qilindi. Shu yil boshida Vashington ushbu kelishuvdan bir tomonlama ravishda chiqib ketish niyatini bildirdi va Rossiyani bu shartnomani uzoq muddatlardan beri bo‘zib kelayotganida aybladi. Iyul oyi boshida Rossiya prezidenti Vladimir Putin Rossiyaning ushbu shartnomadagi ishtirokini to‘xtatib qo‘yish haqidagi qonunni imzoladi. Rossiya RSMD shartnomasining barcha shartlarini so‘zsiz bajarib kelayotganini bir necha bor ta’kidlagan.