Germaniyada ko‘p qavatli uyda portlash yuz berdi - foto

Germaniyaning Blankenburg shahrida ko‘p qavatli uyda portlash sodir bo‘ldi. Oqibatda 25 kishi jarohatlandi.
Sputnik

TOShKENT, 13 dek – Sputnik. Germaniyaning Blankenburg shahrida ko‘p qavatli uyda portlash sodir bo‘ldi. Bu haqda RIA Novosti MDR telekanaliga asosan xabar qildi.

Xabarda aytilishicha, bugun ertalab mahalliy vaqt soat 8:55 da Blankenburg shahridagi besh qavatli uyda portlash yuz berdi.

Portlash oqibatida 25 kishi jarohatlandi. Ta’kidlanishicha, bir kishi halok bo‘ldi.

Voqea joyida 160 nafar qutqaruvchi ishlamoqda, tibbiyot vertolotlari jalb qilingan.

Binodan aholi to‘liq evakuatsiya qilingan.