Toshkentda tovlamachi ayol o‘z mijozini antiqa tarzda chuv tushirdi

Folbin yordamida "Issiq-sovuq" qilib bir yigitga turmushga chiqmoqchi bo‘lgan qiz puli va taqinchoqlaridan ayrildi.
Sputnik

TOShKENT, 12 dek – Sputnik. Toshkentda iissiq-sovuq qilish bilan shug‘ullanadigan tovlamachi ayol o‘z mijozini antiqa tarzda chuv tushirdi, deb xabar qilmoqda IIBB.  Mirobod tumani huquq tartibot idoralariga 28 yoshli A.Z. murojaat qilib, 20 yoshli S.V.ga nisbatan chora ko‘rishni so‘raydi. 

IIBB sovuqda uysiz qolgan kishilarning hayotini saqlab qolishga chaqirdi

Ma’lum bo‘lishicha, S.V. fuqaro A.Z.ning ishonchiga kirib, “mijozi” aytgan yigit bilan uning taqdirini “bog‘lab” qo‘yishga yordam berishini aytadi.  Ushbu "xizmatlari" uchun esa A.Z.ga tegishli bo‘lgan 450.000 so‘m va umumiy qiymati 32.890.000 so‘m bo‘lgan tilla taqinchoqlarni qo‘lga kiritadi.

Ammo "sehrgar" va’dasida turmaydi va pullarni o‘z ehtiyojiga sarflab yuboradi.

Qayd etilishicha, ushbu fakt asosida hozirda O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi ("Firibgarlik") bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atilgan.

“Hurmatli fuqarolar, agar siz firibgarlik qurboni bo‘lgan bo‘lsangiz, huquqni muhofaza qiluvchi organlarga murojaat qiling” deyiladi IIBB xabarida.