Rossiyada viza asosida ishlaydigan xorijliklar uchun kvota qisqardi

Rossiyada mehnat migrantlari uchun kvotalar soni deyarli uchdan birga qisqartirildi. Keyingi yilda Rossiya hukumati 105 ming mehnat migrantlarini jalb qilishni rejalashtirgan.
Sputnik

TOShKENT, 12 dek – Sputnik. Rossiya hukumati viza asosida mamlakatga keladigan xorijliklar uchun ishlash uchun ruxsatnomalar bo‘yicha kvotani tasdiqladi. 2020-yilga kvota 105 ming kishini tashkil etdi.

Migrantlar Moskva budjetiga qancha daromad keltirgani ma’lum bo‘ldi

Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilga nisbatan  chorak qismdan ko‘proqqa kamaydi.

2019 yilda kvota 144,5 ming kishi bo‘lgan, 2018-yil bilan solishtirilganda taxminan 20 foizga kamaytirildi. 2020-yilda ruxsatnomalar soni 27 foizga qisqardi.

“Federatsiya subyektlari takliflari asosida 2020-yilda chet el ishchilarini jalb qilish talabi aniqlandi - 104, 99 ming kishi, bu 2019-yilga belgilangan ehtiyojlarning 72,6 foizini tashkil etadi. Rossiyaga kirish uchun taklifnomalar va chet el fuqarolariga ishlash uchun ruxsatnomalar berish kvotalari bir xil miqdorda belgilandi”, - deyilgan hujjatda.

2019 yil birinchi yarmida Rossiyaga ishlash uchun 2,4 million xorijlik kelgan. Bular asosan MDH fuqarolari. Keluvchilar soni bo‘yicha yetakchi o‘rinda - Tojikiston, O‘zbekiston, Qirg‘iziston, Ukraina va Qozog‘iston fuqarolari.