O‘zbekiston ayrim hududlarida “svet” bo‘lmaydi

Ertaga, 13-dekabr kuni Toshkent shahri va Xorazm viloyatining ayrim hududlarida elektr energiyasining o‘chirilishi kuzatilmoqda.
Sputnik

TOShKENT, 12 dek – Sputnik.  Ertaga, 13-dekabr kuni Toshkent shahri va Xorazm viloyatining ayrim hududlarida  elektr energiyasi o‘chiriladi. Bu haqda "Xududiy elektr tarmoklari" AJ matbuot xizmati ma’lum qildi.

Turkmaniston O‘zbekistonga elektr energiyasini yetkazib berishni boshladi

Toshkent shahrining Chilonzor tumaniga qarashli 16-mavzesida joylashgan 10 kV TP 3188-sonli transformator punktida rejali mukammal ta’mirlash  ishlari xavfsiz tarzda bajarilishini taqozo etadi.  Shu bois mazkur hududdagi 10-11-sonli  ko‘p qavatli aholi yashash xonadonlarida elektr energiyasi soat 10:00 dan 17:00 qadar vaqtinchalik o‘chiriladi.

Shuningdek, joriy ta’mirlash ishlari o‘tkazilishi munosabati Urganch tumanining "Yuqori jirmiz", "Qoramon", "Beruniy", "Kattabog‘", "Xojiboylar", "Oqbog‘", "Adolat", "Chakkako‘l", "Sholikor" mahallalarida   ham   soat 10:00 dan 18:00 gacha elektr energiyasi vaqtinchalik uzib qo‘yiladi.