Olim insoniyatni yo‘q qilishi mumkin bo‘lgan asteroidlar haqida gapirdi

2019 yil boshida quyosh tizimidagi 18 mingta xavfli kosmik obyektlar ma’lum bo‘lgan, ularning 99 foizi asteroidlardir.
Sputnik

TOShKENT, 12 dek – Sputnik. Inson sivilizatsiyasini yo‘q qilishga qodir asteroidlar 100 million yilda bir marta Yerga tushadi. Bu haqda “Roskosmos” ilmiy instituti markaz boshlig‘i Igor Bakaras RIA Novosti’ga bergan intervyuda aytdi.

AQSh nima uchun Oy va Marsga yetib bormayapti – NASA rahbarining javobi

Farazlardan biriga ko‘ra, 65 million yil oldin asteroid yoki kometani tushishi dinozavrlarning o‘limiga olib kelgan. Yerga tushan obyekt Meksika jabuniy sohilidagi dengiz tubida  300 km chuqurlikda Chiksulub kraterini qoldirgan.

Olimlarning fikriga ko‘ra, Yerga tushgan samoviy jism 10 km o‘lchamda bo‘lgan.

“Olimlarning fikriga ko‘ra, taxminan 10 kilometr uzunlikdagi va inson sivilizatsiyasini yo‘q qilishga qodir osmon jismining Yer bilan to‘qnashuvi taxminan 100 million yilda bir marta sodir bo‘lishi mumkin. Zamonaviy insonning butun tarixi davomida (taxminan 100 ming yil) bunday to‘qnashuvlar bo‘lmagan”, - deydi Bakaras.

Olim kichikroq asteroidlar uchun hisob-kitoblarni keltirdi. Shunday qilib, diametri bir kilometrga teng asteroidning qulashi global falokatga olib kelishi mumkin. Bunday holda, ta’sir joyidagi kraterning radiusi taxminan 20 kilometrni tashkil qiladi. "Ushbu kattalikdagi hodisalar taxminan million yilda bir marta sodir bo‘ladi", - dedi olim.

NASA Yerga yirik asteroid yaqinlashishi haqida ogohlantirdi

Diametri 100 metr bo‘lgan Asteroidlar quruqlikda mintaqaviy vayronagarchilik (kraterning radiusi ikki kilometrga yaqin) yoki okeanga qulagan taqdirda sunamini keltirib chiqarishga qodir. Ushbu kattalikdagi hodisalar taxminan har uch ming yilda sodir bo‘ladi.

Shu o‘rindaBakaras ko‘p samoviy jismlarning diametri va ularning orbitalari parametrlari aniq ma’lum emasligini ta’kidladi. "Obyektlarning o‘lchamlari Yer yaqinida uchishi vaqtida alohida aniqlanadi. Shuning uchun ko‘pincha xavfli deb hisoblangan asteroid keyinchalik xavfsiz toifaga kiradi", - deb izohladi olim.

2019 yil boshida quyosh tizimidagi 18 mingta xavfli kosmik obyektlar ma’lum bo‘lgan, ularning 99 foizi asteroidlardir.