O‘zbekistonda yangi pullik tonnellar va avtomobil yo‘llari qurilishi rejalashtirilmoqda

O‘zbekistonda “Qamchiq” va “Taxtaqoracha” dovonlarida yangi pullik tonnellar hamda yangi pullik yo‘llar qurilishi rejalashtirilmoqda – prezident qarori.
Sputnik

TOShKENT, 11 dek – Sputnik. O‘zbekistonda  yangi pullik tonnellar va avtomobil yo‘llari qurilishi rejalashtirilmoqda. Bu haqida 9-dekabr kuni imzolangan 4545-sonli prezident qarorida aytib o‘tilgan.

Qarorda xususan, davlat-xususiy sherikchilik shartlarida quyidagi pullik avtomobil yo‘llari va tonnellari loyihalarini aytib o‘tilgan:

  • “Qamchik” dovonida yangi pullik tonnel qurish, Jahon banki bilan hamkorlikda;  
  • “Taxtaqoracha”dovonida yangi pullik tonnel qurish, YeTTB bilan hamkorlikda;
  • “Sirdaryo – Baxt” shaharlarini aylanib o‘tuvchi pullik avtomobil yo‘li qurilishi;
  • “Toshkent – Samarqand”  pullik avtomobil yo‘li qurilishi;
  • “Toshkent – Andijon” pullik avtomobil yo‘li qurilishi;  

Yuqoridagi yangi loyihalar 2020-yil davomida o‘rganib chiqilib, uni ijro etuvchi tashkilotlar tender asosida tanlab olinadi. Tender g‘olibi bilan shartnoma 2021-yilning may oyida imzolanishi rejalashtirilgan.

Loyiha maqsadga muvofiq emas deb topilgan taqdirda – u belgilangan tartibda to‘xtatiladi, deyilgan qarorda.