O‘zbekistonda odam savdosi qurboni bo‘layotganlarning aksariyati chaqaloqlardir

O‘zbekiston hududida odam savdosi bo‘yicha eng ko‘p kuzatiladigan holat esa chaqaloqlarni sotish bilan bog‘liq.
Sputnik

TOShKENT, 11 dek - Sputnik. O‘zbekistonda odam savdosi jinoyatining asosiy qurbonlari ayollarni tashkil qilmoqda. 2019 yilning o‘tgan davri mobaynida 116 shaxs odam savdosi jinoyatini sodir etish bilan ayblangan va ularning 88 %ini ayollar tashkil qilgan.

Meni sotgan onamga maktub: menga sizdan o‘zga xech kim, hech nima kerak emas edi

Bu haqda IIV Noqonuniy migratsiya va odam savdosiga qarshi kurashish boshqarmasi mas’ul xodimi Behzod Mamajonov 11-dekabr kuni AOKA agentligida bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, tizimda amalga oshirilgan islohotlar natijasida barcha turdagi jinoyatchilik 2017-yilda 15.7 %ga, 2018-yilda 33.5 %ga, 2019-yil 11 oyida 24 %ga pasaygan.

O‘zbekiston hududida odam savdosi bo‘yicha eng ko‘p kuzatiladigan holat esa chaqaloqlarni sotish bilan bog‘liq.

Shuningdek, majburiy jismoniy mehnat yoki fohishalikka majburlash kabi odam savdosiga oid holatlar O‘zbekiston hududida sodir etilmagan. Bunday holatlar xorijdagi o‘zbekistonliklar ishtirokida kuzatilishi qayd etilgan.