TOShKENT, 11 dek - Sputnik. O‘zbekiston Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti tomonidan "HUMAN" xususiy bandlik agentligi" MChJ raxbari Sh.Fayzullayevga nisbatan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi bo‘yicha dastlabki tergov harakatlari yakunlandi.
Fayzullayevga nisbatan O‘zbekiston JKning 168-moddasi (Firibgarlik ishi) bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Ayblov xulosasi Toshkent viloyat prokuraturasi tomonidan 11.12.2019 yilda tasdiqlanib, jinoyat ishlari bo‘yicha Toshkent viloyati sudiga yuborilgan.
"Jabrlanuvchilarga yetkazilgan zararni qoplash maqsadida ayblanuvchi Sh.Fayzullayevga tegishli bo‘lgan xonadonlar, avtomashinalar, kimmatbaho mol-mulklar xatlangan va naqd pullar olinib, IIV depozit hisob raqamiga topshirilgan", - deb xabar qilmoqda Bosh prokuratura matbuot-xizmati.
Shuningdek, "HUMAN" xususiy bandlik agentligi MChJ mansabdor shaxslari tomonidan fuqarolardan olingan juda ko‘p miqdordagi pul mablag‘lari 11 ta xo‘jalik yurituvchi subyektlarga turli-xil yo‘llar bilan ko‘chirish orqali o‘zlashtirilgan qismi jinoyat ishi qo‘zg‘atgan xolatda alohida ish yurituvga ajratildi.
Hozirda tergov harakatlari olib borilayotgan va sudda ko‘rilayotgan jinoyat ishlari doirasida jabrlanuvchilarga yetkazilgan zararlarni to‘liq qoplash choralari ko‘rilmoqda.