TOShKENT, 10 dek - Sputnik. Toshkentning Amir Temur, Shahrisabz, Mustaqillik, Istiqlol ko‘chalari oralig‘idagi avtoturargoh o‘rniga zamonaviy mehmonxona qurish ishlari boshlangan. Bu haqda “Toshshahartrans” xizmati xabarida aytilmoqda.
Mehmonxona qurilishi munosabati bilan ba’zi jamoat transportlari yo‘nalishlari o‘zgaradi.
Ya’ni Istiqlol ko‘chasidagi avtobuslar so‘nggi bekatining bir qismi yopiladi va bu ko‘chadan harakatlanuvchi 96-yo‘nalish avtobuslari Taraqqiyot, Amir Temur, Istiqlol ko‘chalari orqali so‘nggi bekatgacha keladi.
Qaytishda esa so‘nggi bekatdan Istiqlol, Mustaqillik, Amir Temur ko‘chalari orqali o‘z yo‘nalishini davom ettiradi.
53-yo‘nalish avtobuslari esa to‘g‘ri yo‘nalishdagi harakatini A.Navoiy ko‘chasidan, Shahrisabz, Mustaqillik, Istiqlol ko‘chalari orqali so‘nggi bekatigacha keladi. Qaytishda Istiqlol, Amir Temur, A.Navoiy ko‘chalari orqali o‘z yo‘nalishini davom ettiradi.