TOShKENT, 10 dek - Sputnik. Toshkent shahar bojxona boshqarmasi "Bosh pochtampt" tashqi iqtisodiy faoliyat bojxona posti xodimlari tarkibida psixotrop va giyohvandlik moddalari mavjud bo‘lgan dori vositalarining O‘zbekistonga noqonuniy olib kirilishiga doir navbatdagi bojxona qoidabuzarliklarini fosh qilishdi. Bu haqda davlat bojxona qo‘mitasi axborot xizmati xabar qilmoqda.
Xabarga ko‘ra, xorijdan fuqaro K.G. nomiga kelgan pochta jo‘natmasi bojxona ko‘rigidan o‘tkazilganida, bojxona deklaratsiyasida ko‘rsatilmagan, tarkibida psixotrop moddasi mavjud bo‘lgan 50 dona "Paramol Af and Shiul" va 20 dona "Dexamol Cold" nomli dori vositalari borligi aniqlangan.
Shuningdek, uch nafar fuqaro nomiga kelgan pochta jo‘natmasida tarkibida psixotrop va giyohvand moddalari bo‘lgan 25 dona "Bondormin", 24 dona "Rokacet plus" hamda 30 dona "Tramadex OD 100" nomli dori vositalari borligi aniqlangan.
Hozirda yuqoridagi holatlar yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda amaldagi tartiblarga ko‘ra, giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarni xalqaro pochta jo‘natmalari orqali jo‘natish taqiqlangan.
T