Nima uchun O‘zbekiston Qirg‘izistonda avtomobil zavodini ochmayapti? – amaldor javobi

Qirg‘izistonda 2020-yil 1-yanvardan uchinchi davlatlardan olib kiriladigan import avtomobillar uchun yangi bojxona stavkalari kuchga kiradi, ular amaldagi tariflardan sezilarli darajada yuqori.
Sputnik

Qirg‘izistonliklar yillar davomida o‘rganib qolgan yapon va nemis avtomobillar o‘rniga, endi boshqa muqobil yo‘llarini qidirmoqda.

Avtomobilni bojxonada rasmiylashtirishning ikkita usuli mavjud bo‘lsa ham - soddalashtirilgan va umumiy usulda - yakuniy narx baribir yuqori bo‘ladi. Bu avtomobil shinavandalarini yanada foydali yo‘llarni izlashga majbur qiladi. Ko‘pchilik O‘zbekiston Qirg‘iziston Respublikasida ikkita avtomobil yig‘ish zavodini ochishni rejalashtirayotganini esladi. Afsuski, hali bitta ham zavob paydo bo‘lmagan.

Sputnik Qirg‘iziston bu loyihalar taqdirini o‘rgandi. Bu savollarga Investitsiyalarni rag‘batlashtirish va himoya qilish agentligi direktori Shumkarbek Adilbek o‘g‘li javob berdi.

Nima uchun O‘zbekiston Qirg‘izistonda avtomobil zavodini ochmayapti? – amaldor javobi

- Avtomobillarni olib kirishning yangi tariflari tasdiqlanishi munosabati bilan O‘zbekiston hukumatining mamlakatimizda avtomobil yig‘ish zavodlarini ochish haqidagi va’dasi nazarimizda juda dolzarb bo‘lib qoldi. Bugun bu rejalar bilan ishlar qanday ketmoqda?

- Darhaqiqat, 2017-yilda O‘zbekiston tomoni Qirg‘izistonda avtomobil va kir yuvish mashinalarini yig‘ish zavodlarini ochish niyatini bildirgandi. O‘sh viloyatida o‘tgan yili Artel qo‘shma korxonasi muvaffaqiyatli ish boshladi va kir yuvish mashinalarni chiqarmoqda. Ammo avtomobil yig‘ish zavodlari bilan bog‘liq masala haligacha hal etilmadi, ba’zi muammolar mavjud.

Birinchidan, O‘zbekiston tomoni uni soliqlardan ozod qilishni talab qildi. Ikkinchidan, qo‘shnilar davlat xaridlari paytida mamlakatimizda ishlab chiqarilgan mashinalar afzal ko‘rilishini xohlashmoqda. Men ularni juda yaxshi tushunaman, chunki mahsulot ishlab chiqaradigan kishi xaridor topishni istaydi. Ammo amaldagi qonunlarga muvofiq, bunday muammolar bir kun ichida hal etilmaydi.

- Demak, biz tomonimizdan muammo chiqdi-mi?

- Ha va yo‘q. Shuni tushunish kerakki, Qirg‘iziston mustaqillikka erishgandan beri avtomobil yig‘ish yoki ularni ishlab chiqaradigan zavodlar bo‘lmagan. Ha Sovet Ittifoqi davrida mashinalar - faqat yuk mashinalar yig‘ilgan. Bizda bu sohada birorta qonun yo‘q, shuning uchun biz avtomobillar Qirg‘izistonda yig‘ilgan yoki ishlab chiqarilgan degan sertifikatlarni bera olmaymiz.

UzAuto 9 oyda necha avtomobil sotgani ma’lum bo‘ldi

Siz bunga nima halaqit qilmoqda? deb so‘rashingiz mumkin. Qonun qabul qilinglar va yig‘ishni boshlanglar... Lekin bir jihat bor: hatto shu yerda yig‘ilgan texnika, bozorga O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan deb tushadi. “Qirg‘izistonda ishlab chiqarilgan” deb ta’kidlash uchun bu yerda ehtiyot qism va materiallarning kamida 50 foizini bu yerda ishlab chiqarilishi kerak, bugungi kunda bizda bunday imkoniyat yo‘q.

Bundan tashqari, texnikada “Qirg‘izistonda ishlab chiqarilgan” degan markirovka bo‘lishi uchun har bir mashinaga VIN-kod (avtomobil identifikatsiya raqami) olish kerak. Buning uchun xalqaro talablar asosida ro‘yxatdan o‘tish kerak. Barcha hujjatlar tayyorlanadigan bo‘lsa ham, ularni tasdiqlash uchun ancha vaqt kerak. Bugungi kunda Iqtisodiyot vazirligi va boshqa idoralar ushbu yo‘nalishda faol ish olib bormoqda.

-  Demak, yaqin vaqtda avtomobil bozorda vaziyat o‘zgarmaydimi?

-  Respublikaga o‘z avtomobil sanoatiga ega bo‘lish foydali bo‘lmagan, umid qilaman, bu masala oldinga siljish bo‘ladi.

Ravon - Qozog‘istonda eng ko‘p sotilgan avtomobil brendi bo‘ldi

- O‘zbekiston avtomobilsozlari bilan davlat hamkorlik qiladimi?

-   Biz "O‘zavtosanoat" uyushmasi bilan muzokaralar o‘tkazdik, shundan keyin mahalliy ishbilarmonlar topildi. Davlatda hozircha bunday ishlab chiqarishga "qo‘shilish" imkoniyati yo‘q.

- Endi boshqa sohalardagi investitsiyalar haqida. YeOIIga qo‘shilishdan Qirg‘iziston qanday foyda oldi?

- Ittifoqqa kirgandan so‘ng, Qirg‘iziston ba’zi mamlakatlarda qiziqish uyg‘otdi. Rossiyalik va qozog‘istonlik ishbilarmonlar respublikamizga faol ravishda sarmoyalar kiritishni boshladi, import tovarlari ham ko‘paygan.

Boshqa tomondan, biz qancha ko‘p import qilsak, shuncha ko‘p pul respublikani tark etadi. Aynan shu narsa bizning tadbirkorlarni rag‘batlantiradi - ular tashqi bozorga chiqishga, eksport sohalarida o‘z o‘rnini egallashga harakat qilmoqdalar. Davlat tomonidan ham yordam ko‘rsatilmoqda, ammo hozircha bu harakatlar yetarli emas. Bugungi kunda ishbilarmonlar har tomonlama va maqsadli yordamga muhtoj.