Yangi hayot: 28-yil SSSR pasporti bilan yashagan otaxonga biometrik pasport berildi

Qariyb 30-yil SSSR pasporti bilan yashagan farg‘onalik Mo‘minjon Tojiyevga yangi biometrik pasport berildi.
Sputnik

TOShKENT, 9 dek - Sputnik. Sal kam 30-yil davomida SSSR pasporti bilan yashagan farg‘onalik Mo‘minjon Tojiyevga biometrik pasport berildi, deb xabar qildi Adliya vazirligi matbuot xizmati.

Farg‘onalik otaxon nima sababdan qariyb 30-yil SSSR pasporti bilan yashaganini tushuntirdi

Xabarda aytilishicha, Buvayda tumani adliya bo‘limi tomonidan  tumandagi “Ozod” MFYda o‘tkazilgan sayyor qabul jarayonida 1955-yil 16-martda tug‘ilgan Tojiyev Mo‘minjon Numonovichning o‘ziga tegishli bo‘lgan sobiq SSSR fuqarolik pasportini yangi pasportga almashtirish masalasida murojaat qilgan edi.

Murojaat yuzasidan adliya bo‘limi huquqiy tushuntirish bilan birga amaliy yordam berish maqsadida tuman IIB bilan hamkorlikda tegishli hujjatlar to‘plandi.

Joriy yil 14-noyabr kuni adliya bo‘limi yordamida murojaatchi pasport bo‘limiga olib kelinib, hujjatlarni rasmiylashtirish ishlari yakunlangan edi. 22-noyabr kuni esa Mo‘minjon otaga O‘zbekiston Respublikasi fuqarolik pasporti topshirildi.

Yangi hayot: 28-yil SSSR pasporti bilan yashagan otaxonga biometrik pasport berildi