Rossiya bojxona xodimi soddalashtirilgan yo‘lak afzalliklarini tushuntirdi

Rossiya Federal bojxona xizmati (FBX) xavfni boshqarish boshqarmasi, bojxona qiymatini nazorati qilish bo‘limi boshlig‘i o‘rinbosari Anton Dishko ayrim tovarlarga soddalashtirilgan bojxona yo‘lagini qo‘llash tartibini tushuntirdi.
Sputnik

2016 yildan beri O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasida besh guruh, xususan meva-sabzavot va boshqa tovarlar uchun soddalashtirilgan bojxona yo‘lagi joriy etilgan.

Yashil yo‘lak, yoxud Rossiyaga O‘zbekiston meva-sabzavotlari eksportini qanday ko‘paytirish mumkin

Rossiya FBX vakili ta’kidlashicha, bojxona nazorati bunday mexanizmining asosiy afzalligi - barcha protseduralar tezkorlik bilan o‘tkazilishidir. Bu loyihani samarali amalga oshirish Rossiya tomonidan tashqi savdo shartnoma vakillari, jumladan, ular tomonidan bojxona deklaratsiyasini qaynchalik to‘g‘ri to‘ldirilishiga bog‘liq.

“Bunday protsedurani amalga oshirishda tovar yetkazib berilishi soddalashtirilgan bojxona yo‘lagi doirasida amalga oshirilayotgani ko‘rsatish kerak, shuningdek tovarlarni identifikatsiya qilish maqsadida xorijiy davlat, ya’ni O‘zbekiston bojxona xizmati tomonidan yuborilgan ma’lumotlar bilan solishtirish uchun, tegishli kodlar asosida tovarlar to‘g‘risida ma’lumotlarni taqdim etish kerak bo‘ladi. Shu asosda qaror qabul qilinadi. Natijada nazorat protseduralardan o‘tish va tovarlarni chiqarishga qaror qilish uchun zarur bo‘ladigan vaqt sezilarli darajada kamayadi”, - deb ta’kidladi Dishko.

FBX vakili “soddalashtirilgan bojxona yo‘lagi” bo‘yicha tovarlar nomenklaturasini kengaytirish ko‘p jihatdan tashqi iqtisodiy faoliyati qatnashchilariga bog‘liqligini ta’kidladi.  Agar eksport va import qiluvchilarda bunga qiziqish bo‘lsa, kelgusida bunday masalalar bo‘yicha ish olib borilishi mumkin. Loyihaga korxonalarni yana ko‘proq jalb qilinishi uchun bozor ishtirokchilari bilan faol axborot va targ‘ibot ishlarini amalga oshirish kerak.

FXB vakili so‘z yakunida, O‘zbekiston va Rossiya bojxona organlari doimiy ravishda o‘zaro hamkorlik qilmoqda, umumiy masalalarni hal qilish va kelgusi hamkorlik bo‘yicha muntazam uchrashuvlar o‘tkazilayotganini ta’kidladi.

Mutaxassisning to‘liq izohini quyidagi podkast orqali rus tilida tinglashingiz mumkin.

Rossiya bojxona xodimi soddalashtirilgan yo‘lak afzalliklarini tushuntirdi