TOShKENT, 9 dek — Sputnik. Toshkent shahar IIBB YHXB YPX xodimlariga qarshilik ko‘rsatgan va ularni qurol qo‘llashga majbur etgan haydovchiga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
Toshkent shahar prokuraturasining aniqlik kiritishicha, N.K.I.ga nisbatan O‘zbekiston JKning 277-moddasi 3-qismi “g” bandi bilan (“Bezorilik”) jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, ayblanuvchi tariqasida ishtirok etishga jalb qilingan.
Unga nisbatan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llangan.
Hozirda jinoyat ishi yuzasidan dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq IIBB xodimlari mast holdagi va pichoq bilan tahdid qilgan haydovchini ushlash uchun qurol qo‘llashga majbur bo‘lishgani xabar qilingan edi.