TOShKENT, 8 dek — Sputnik. Ishbilarmon, Xalqaro qilichbozlik federatsiyasi prezidenti Alisher Usmonov taqiqlangan moddalarni iste’mol qilmagan rosssiyalik sportchilarni himoya qildi. Bu haqda “Rossiyskaya gazeta” xabar qilmoqda.
Butunjahon antidoping agentligi (WADA) rahbariga Kreyg Ridiga yo‘llangan maktubda Usmonov barcha sportchilarning o‘z bayrog‘i ostida xalqaro musobaqalarda ishtirok etishdan ehtimoliy chetlatilishini qoralagan. Maktub nusxasi Xalqaro olimpiya qo‘mitasi prezidenti Tomas Baxga yuborilgan.
Usmonov “dopingga qarshi ayovsiz kurash sudsiz jazolashga va bitta o‘sha qoidabuzarlik uchun yangi sansiyalar qo‘llanishiga aylanmasligini” ma’lum qilgan.
“Aybdorlarni jazolash aybsizlarni oddiy insoniy huquqlaridan mahrum qilmasligi lozim. Ushbu maqsaddan kelib chiqish va kamsitish va asossiz cheklovlarsiz toza rossiyalik sportchilarning xalqaro musobaqalarda ishtirok etish huquqini ta’minlashni taklif qilaman”, - deb yozgan Usmonov.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Butunjahon antidoping agentligi (WADA) Rossiyani to‘rt yil davomida yirik xalqaro musobaqalardan chetlashishni tavsiya qilgani xabar qilingan edi.
WADA ijroiya qo‘mitasi yakuniy qarorni 9-dekabrda qabul qilishi kerak.