Ukraina TIV Qrim xususida aytilgan gaplar uchun Qozog‘istonga demarsh bilan taxdid qildi

Matnda, shuningdek, bu bayonot OBSEning vazirlar kengashi e’lon qilingani Ukraina tomonini "juda qattiq hafa qilgani" keltirilgan.
Sputnik

TOShKENT, 5 dek - Sputnik. Ukraina Tashqi ishlar vazirligi Qozog‘iston prezidenti Kasim Jomart Tokayev tomonidan Qrimning hududiy mansubligi xususida aytilgan so‘zlariga javoban demarsh (namoyishkorona diplomatik harakat)ni amalga oshirishga va’da berdi, deb xabar qiladi Argumeni.ru.

Tokayev Qrim Rossiya tarkibiga qo‘shilishini anneksiya, deb hisoblamaydi

"OAVlarda e’lon qilingan Qozog‘iston prezidenti Kasim Jomart Tokayevning Qrimning anneksiya qilinishini inkor qilishi xaqidagi so‘zlaridan chuqur tashvishdamiz", - deyilgan idora saytidagi xabarda.

Matnda, shuningdek, bu bayonot OBSEning vazirlar kengashi e’lon qilingani Ukraina tomonini "juda qattiq hafa qilgani" keltirilgan. "Kozog‘iston tomoniga albatta tegishli demarshlar amalga oshiriladi", - deb qo‘shimcha qilgan Ukraina TIV.

Avvalroq, Qozog‘iston Qrimning Rossiya bilan qo‘shilishini anneksiya deb tan olishdan bosh tortgani haqida xabar bergan edik.