TOShKENT, 5 dek — Sputnik. Polsha prezidenti Anjey Duda Rossiyani NATO dushmani deb hisoblamaydi.
“Dushman yo‘q. Bugungi kunda bitta ham dushman yo‘q (NATOning – tahr.). Ehtimol, terrorchilik xususiyatga ega nodavlat tashkilotlarni dushman deb atash mumkin”, - deya javob qilgan Duda jurnalistlarning Rossiya NATOning dushmanimi degan savoliga. RIA Novosti uning so‘zlaridan iqtibos keltirgan.
“Bu bizning hamma ishlarda ham kelishmaydigan qo‘shnimiz”, - deya qo‘shimcha qilgan u.
Dudaning so‘zlariga ko‘ra, Moskva bilan muzokaralar olib borish kerak, chunki Rossiya qo‘shni va hamkor bo‘ladi.
O‘lik miya bilan yubiley. Rossiya NATOdagi kelishmovchiliklardan naf ko‘radimi?
Rossiya ko‘p marotaba biror kishi uchun tahdid tug‘dirmasligini ma’lum qilgan, ammo uning manfaatlari uchun bo‘lgan ehtimoliy xavflarni e’tiborsiz qoldirmaydi.