OAVda yomon obro‘ga ega qrimlik amaldor yuqori lavozimni egallay olmaydi

Endilikda qrimlik amaldor yuqori lavozimni egallamoqchi bo‘lsa, axborot maydonida yaxshi obro‘ga ega bo‘lish haqida qayg‘urishi lozim.
Sputnik

TOShKENT, 5 dek - Sputnik. Qrim amaldorlari ommaviy axborot vositalarida unga berilgan tavsifnomani inobatga olgan holda lavozimga tayinlanadi. Bu haqda Qrim korrupsiyaga qarshi kurashish qo‘mitasi raisi Aleksandr Akshatin ma’lum qildi.

“Masalan, fuqaro Ivanov vazir o‘rinbosari lavozimiga tayinlanmoqda, biroq OAVda uning oldingi faoliyati, qo‘shnilar bilan bo‘lgan o‘zaro munosabati haqida ko‘plab salbiy ma’lumotlar chop etilgan”,  - deya Akshatin so‘zlaridan keltiradi RIA Novosti.

Mirziyoyev: ba’zi rahbarlar matbuotchilar bilan muloqotda ma’naviyatni unutib qo‘ymoqda

Uning fikriga ko‘ra, OAVni nazar-pisand qilmaslik yaramaydi, chunki bu inson haqida to‘liq ma’lumotga ega bo‘lishga yordam beruvchi o‘zgacha vosita sanaladi.

Akshatin amaldor haqidagi tavsifnomalarni to‘plash uchun mavjud bo‘lgan bazalardan foydalanilishini ta’kidlagan.

Shuningdek, u 2020-yil may oyidan Qrimda hukumat organlarida korrupsiya darajasini baholovchi yangi tizim ishga tushishini eslatib o‘tgan.

“Xodiming pora oldi, sen ham ishdan ket!” – Qozog‘istonda yangi qonun

Yaqinda O‘zbekistonda mahalliy amaldorlarning jurnalistlar bilan muloqotdagi muomalasi keng muhokamalarga sabab bo‘ldi. Prezident Shavkat Mirziyoyev ba’zi rahbarlar xalq bilan, matbuotchilar bilan muloqotda oddiy muomala madaniyatini, ma’naviyatni unutib qo‘yishayotganini afsus bilan qayd etgan edi.